08:55 / 11.11.2018
6 922

O‘zini osib qo‘ygan maktab o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar

O‘zini osib qo‘ygan maktab o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar
Ma’lumingizkim, yaqinda Qarshi shahridagi maktablardan birining 8-sinf o‘quvchisi sinfdoshlar, maktabdagi ayrim xodimlar kamsitaverishiga chiday olmay, joniga qasd qilgani haqida xabar bergandik.

Yaqinda shu masalada yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Sinfdoshlaridan birining onasi Mirafzal nega o‘zini o‘ldirgan bo‘lishiga oid kutilmagan xabarni aytib qoldi. Ayolning aytishicha, u maktab oshxonasida ishlarkan. Mirafzal Abdurashidov otasidan juda-juda qo‘rqarkan. Bu besabab emas albatta. Ota o‘g‘lini tez-tez kaltaklashi bola ruhiyatiga qattiq ta’sir qilgan. Juda qo‘rqoq bo‘lib qolgan.

Masalan, bir kuni maktabga telefon ko‘tarib kelgani uchun muallim telefonni tortib olgan va otasiga topshirishini aytgan. Shunda Mirafzal ayolning yoniga yugurib chiqqan-u, muallim bilan gaplashib telefonini olib berishini so‘ragan. Agar otasi bilsa, yana do‘pposlashini aytib yolvorgan.

Albatta, ayni kunlarda ham tergov jarayoni tugagani yo‘q. Mutaxassislar fojia sabablarini aniqlashga harakat qilishmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini osib qo‘ygan maktab o‘quvchisining o‘limi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar