14:44 / 12.11.2018
4 966

Qozog‘iston Halyk Banki O‘zbekistonda Tenge Bank’ni ochadi

Qozog‘iston Halyk Banki O‘zbekistonda Tenge Bank’ni ochadi
Qozog‘iston Milliy banki Halyk Bank’ga O‘zbekiston hududida Tenge Bank sho‘’basini ochishga ruxsat berdi. Bu haqdagi xabar Milliy bank saytida joylashtirilgan.

Halyk O‘zbekistonda filial ochish niyatida ekanini ma’lum qilgan birinchi Qozog‘iston banki bo‘ldi. Toshkent shahrida moliyaviy tashkilotning sho‘’basi - Tenge Bank faoliyat ko‘rsatadi.

Halyk Bank Rossiya, Qirg‘iziston, Gruziya va Tojikistonda sho‘’balarga ega. O‘zbekiston bozoriga kirish bank uchun rivojlanish strategiyasining mantiqiy davomi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 28ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikkinchi darajali banklarning jami aktivlari - 194,6 trln so‘m yoki joriy kurs bo‘yicha 24,1 mlrd dollar. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2017 yilda 249,1 trln so‘mni - 30,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, hozir O‘zbekistonda faqat beshta bank xorijiy kapital ishtirokida ishlamoqda: «Savdogar», Hamkorbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Eronning «Saderat» va KDB Bank Uzbekistan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston Halyk Banki O‘zbekistonda Tenge Bank’ni ochadi