Collins ingliz tili lug‘ati tomonidan yil so‘zi aniqlandi. Atrof muhit va ozuqa zanjiriga zarar yetkazadigan va cheksiz foydalaniladigan predmetlarni anglatuvchi “single-use” so‘zi 2018 yil so‘zi deb topildi.
Masalan, bir marta ishlatilib, keyin tashlab yuboriladigan plastik mahsulotlar, polietilen xaltalari single-use tovarlar hisoblanadi.
Ummonning eng chekka hududlarida suzib yurgan plastik buyumlar, butilkalar, paketlarning suratlari shunday mahsulotlardan foydalanishni qisqartirishga chaqiruvchi kampaniyani boshlab berdi. Xususan, yuqoridagi so‘z dunyo OAV, ijtimoiy tarmoqlari va o‘zaro muloqotlarda juda ko‘p foydalanila boshlangan.
CollinsDictionary manbasining qayd etishicha, ushbu atama joriy yilda 2013 yilga nisbatan kuniga to‘rt marotaba ko‘p qo‘llanilgan. Yil so‘zi bo‘lishga backstop (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Brexit bo‘yicha kelishuvi mavjud bo‘lmaganda, Irlandiya va Shimoliy Irlandiya o‘rtasidagi chegara maqomiga tegishli yuridik shartnomani anglatuvchi so‘z), gammon (Brexit tarafdori bo‘lgan o‘rta yoshli, qizil yuzli erkakni tasvirlashda qo‘llaniladi), shuningdek, MeToo (ushbu termin eng avvalo ishda jinsiy zo‘ravonlikka qarshi harakatni anglatadi) ham da’vogarlik qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi