23:38 / 13.11.2018
4 720

Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirganlar qilmishidan afsusda (video)

Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirganlar qilmishidan afsusda (video)
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ko‘pchilikni larzaga keltirdi. Unda keksa ayolning boshiga chelak kiydirgan va boshiga urgan yigitlarning qilmishi aks etgan edi.

Samarqandda joriy yilning may oyida sodir etilgan ushbu qonunbuzarlik holati yuzasidan Yoshlar telekanalining "Davr" informatsion dasturida videolavha namoyish etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qabihlikni Shirinbek Abduraxmonov (1997 yilda tug‘ilgan), Anvar Mardonov (1993 yilda tug‘ilgan) va Doniyor Baxriddinov (2003 yilda tug‘ilgan)lar sodir etgan.

Aniqlanishicha, jabrlangan ayol 1961 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan X.B. ekani aniqlangan. Rahmatjon ismli yigit ayolning boshiga chelakni kiygazgan, Shirinbek Abduraxmonov esa vaziyatdan foydalanib uning boshiga musht tushirgan, Anvar Mardonov esa voqeani telefoniga tasvirga olgan.

Doniyor Baxriddinov esa Anvarning telefonidagi videolavhani ko‘rgani zahoti Instagram ijtimoiy tarmog‘iga yuklagan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirganlar qilmishidan afsusda (video)