Buyuk Britaniyaning AirClad kompaniyasi O‘zbekistonda mobil mini-mehmonxonalar ishlab chiqarish loyihasini taklif etmoqda.
Shu asosda mamlakatning an’anaviy inshootlardan foydalanish imkoniyati yo‘q bo‘lgan chekka hududlarida turistlarning yuqori talabini qondirish uchun me’moriy yechim topiladi.
“O‘zbekiston 24” telekanali xabariga ko‘ra, kompaniya tomonidan tayyorlangan barcha mahsulot va tizimlardan takroran hamda ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
AirClad agar loyiha ma’qullansa, qurilish, binoni yig‘ish va foydalanishga topshirish bo‘yicha zarur bo‘lgan muhandislik-texnik hujjatlarni taqdim etishga tayyor ekanligini bildirgan.
Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun mehmonxonalar yetishmayotgani, bu esa narx-navoning oshishiga olib kelayotganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, har bir mintaqaning turistik salohiyati haligacha chuqur tahlil etilmagan. Buning oqibatida sayyohlar asosan ma’lum joylargagina safar qilyapti.
Mazkur muammoni xorij, jumladan, Turkiyaning ijobiy tajribasini inobatga olgan holda kichik va ixcham mehmonxonalar barpo etish hisobiga hal etish mumkin. Xususan, mamlakat bo‘ylab hammasi bo‘lib 278 ta kichik mehmonxona qurish rejalashtirilgan, biroq loyiha ko‘rib chiqish va ma’qullanish bosqichida to‘xtab qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi