13:37 / 15.11.2018
4 608

Sirdaryoda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (foto)

Sirdaryoda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (foto)
2018 yil 14 noyabr soat taxminan 03:35 larda Sirdaryo viloyati FVBga IIBning Tezkor navbatchisi tomonidan A-373 «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishining 13-km.da yuk avtomashinasi yo‘ldan chiqib avtohalokatga uchraganligi yuzasidan ma’lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib borgan.

Shundan so‘ng, qutqaruvchilar yo‘l transport hodisasi oqibatida avtotransport kabinasida qisilib qolgan fuqaroni maxsus texnikalar yordamida kabinadan olib chiqishdi.

Foto: FVV axborot xizmati
Jabrlangan fuqaro hamda yo‘lovchi zudlik bilan Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yetkazildi va bu orqali fuqaro hayoti saqlab qolindi, deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (foto)