09:12 / 16.11.2018
3 079

MIB sog‘lomlashtirish maskanida elektrdan “nosog‘lom” foydalanish holatini aniqladi

MIB sog‘lomlashtirish maskanida elektrdan “nosog‘lom” foydalanish holatini aniqladi
MIB Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani Shifokorlar-2 ko‘chasi 6-uyda joylashgan “16-son oilaviy poliklinikasida” elektr energiya tarmog‘idan foydalanganligi holati yuzasidan monitoring o‘tkazilgan.

Monitoringda “16-son oilaviy poliklinikasi”ga tegishli bo‘lgan 1 dona “Energomera” rusumli bo‘lgan elektr hisoblagich orqali kirib kelayotgan bo‘lsada, 2-liniya simi hisoblagichni chetlab o‘tgan holda binoga kirib kelayotganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida “16-son oilaviy poliklinikasi”ga tegishli bo‘lgan 1 dona “Energomera” rusumli bo‘lgan elektr hisoblagich tekshirish maqsadida vaqtincha tarmoqdan uzildi.

Poliklinika binosiga hisobsiz 2-liniya orqali kirib borayotgan elektr energiyasi borligianiqlandi va ushbu holat yuzasidan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomionidan sog‘lomlashtirish maskaknida elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan yo‘qotilgan elektr energiyasi hajmi aniqlanganda 45 million so‘m miqdorida davlat manfaatlariga zarar yetkazganligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib boriplmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB sog‘lomlashtirish maskanida elektrdan “nosog‘lom” foydalanish holatini aniqladi