19:30 / 16.11.2018
4 423

“ZIL-130” va “Isuzu” to‘qnashuvi natijasida shaxsi noma’lum erkak yonib ketdi

“ZIL-130” va “Isuzu” to‘qnashuvi natijasida shaxsi noma’lum erkak yonib ketdi
15 noyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi E.A. boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasini “Ko‘kgumbaz” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 1014-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Samarqand viloyatida yashovchi H.M.ning boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib beton to‘siqqa urilishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida “Zil-130” yuk avtomashinasining salonidan osiyo millatiga mansub, 25-30 yoshlardagi noma’lum erkak kishining kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Uning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “ZIL-130” va “Isuzu” to‘qnashuvi natijasida shaxsi noma’lum erkak yonib ketdi