22:36 / 16.11.2018
9 013

Prezident Nukusdagi bog‘cha va poliklinika faoliyati bilan tanishdi (foto)

Prezident Nukusdagi bog‘cha va poliklinika faoliyati bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrining «Qumbuz ovul» mahallasida barpo etilgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi va oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yerda 5 qavatli 10 ta arzon uy qurilgan. Ularda barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. «Navshe» nomli bog‘cha bolalar ongini o‘stiradigan turli inventarlar, o‘yinchoqlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlangan. Ingliz tili, rus tili, shaxmat-shashka to‘garaklari tashkil etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oilaviy poliklinika hududdagi 8 ta mahallaning 46 mingdan aholisiga xizmat ko‘rsatadi. 250 qatnovga mo‘ljallangan muassasa sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur uskunalar bilan jihozlangan.

Elektron qabul tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Odamlar uyda turib, onlayn tarzda navbatga yozilishi va belgilangan vaqtda shifokor qabuliga kelishi mumkin. Poliklinikaning o‘zida ijtimoiy dorixona ochilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz shifokorlar bilan suhbatda poliklinikaga kelganlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga hududdagi aholini patronaj qilish, har bir odamning haroratini bilish kerakligini ta’kidladi. Kasallik varaqalarini elektron shaklga o‘tkazish, zamonaviy tibbiyot yutuqlari asosida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda Abdambetov ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli arzon uylar, bo‘lajak «Nukus city» shaharchasi taqdimoti o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Nukusdagi bog‘cha va poliklinika faoliyati bilan tanishdi (foto)