00:23 / 17.11.2018
6 359

«Qoraqalpog‘istondagi vaziyat ham e’tibordan qolmasin»

«Qoraqalpog‘istondagi vaziyat ham e’tibordan qolmasin»
Prezidentning Nukusga tashrifi Qoraqalpoq xalqiga alohida hurmatning isboti bo‘ldi. Achchiq bo‘lsa ham shuni aytish kerakki, Qoraqalpog‘iston O‘zbekistonning sharoiti eng og‘ir hududlaridan hisoblanadi. Shaxsan o‘zim shuni guvohi bo‘lganman.

Shavkat Mirziyoyev an’anasiga ko‘ra (prezidentlikdagi odati) mamlakat bo‘ylab navbatdagi safarini Qoraqalpog‘istondan boshladi. Bugun joylardagi qarorlar ijrosini borib ko‘rdi. Qo‘shimcha qilish mumkinki natijalardan unchalik ham qoniqmadi. Investorlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. “Chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi sektorlarini rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash eng oldi maqsadlarimiz bo‘lishi kerak” – dedi prezident.

Bundan ikki kun ilgari Qoraqalpog‘istonlik bir kuzatuvchimiz menga yozdi: “Prezident biz taraflarga ham kelsin. Bu yerlarni ko‘rsin” – deb. Mana bordi. Ko‘rdi. Eshitdi.

Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston siyosatining diqqat markazida turadi. Prezident har kuni ertalab topshiriq berar ekan: “Qoraqalpog‘istondagi vaziyat ham e’tibordan qolmasin” – deya esga oladi. Davlat rahbariga har bir hudud birdek qadrli. Xohishda u yoki bu viloyat turmaydi. Prezident ko‘p hollarda kechalari uxlamay ishlaydi. Bu esa ko‘pchilikka ayon emas.

Bugun esa kun mavzusi – Qoraqalpog‘istonning kelajagi.

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qoraqalpog‘istondagi vaziyat ham e’tibordan qolmasin»