14:30 / 18.11.2018
4 298

Kutilgan qaror: Olimlar kilogrammga o‘zgartirish kiritdi

Kutilgan qaror: Olimlar kilogrammga o‘zgartirish kiritdi
Oldinroq keng qo‘llanadigan asosiy o‘lchov birliklaridan biri – kilogrammni aniqlash prinsiplariga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Parijda bo‘lib o‘tayotgan o‘lchovlar va vaznlar bo‘yicha 26-konferensiya ishtirokchilari tarixiy qarorga kelib, Xalqaro birliklar tizimining (SI) yetti asosiy o‘lchov birligidan to‘rttasiga o‘zgartirish kiritdi.

Bu to‘rt o‘lchov birligining kundalik hayotda eng keng qo‘llanadigani, albatta, kilogrammdir. Endilikda uni belgilash prinsiplari Sevrdagi Xalqaro o‘lchovlar va vaznlar palatasida saqlanuvchi etalonning massasiga emas, Plank doimiysiga bog‘liq bo‘ladi. Versalda o‘tayotgan konferensiyaga 57 davlatdan tashrif buyurgan olimlar ushbu qarorni ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi.

Bundan tashqari, amper, kelvin va molga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

SI uchun kiritilayotgan ushbu o‘zgarishlar 2019 yil mart oyidan kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kutilgan qaror: Olimlar kilogrammga o‘zgartirish kiritdi