14:35 / 20.11.2018
3 726

Toshkentdan Chimkent va Chimyongacha pulli yo‘llar quriladi

Toshkentdan Chimkent va Chimyongacha pulli yo‘llar quriladi
Toshkent shahar hokimiyatida Xitoyning "Shina Railway 14th Bureau Group So.LTd" kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkentda 2 yo‘nalish bo‘yicha pullik avtomobil yo‘llari qurish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, hokimlik tashabbusi bilan "Toshkent – Chimkent" (chegara postigacha) va "Toshkent – Chimyon" yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari qurish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda qurilish sohasida Xitoy metodikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent shahar hokimiyati xitoylik mutaxassislar yordamida quruvchilar tayyorlash uchun shahardagi to‘rtta professional kollej – bazaviy o‘qish maydoni sifatida tanlab olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan Chimkent va Chimyongacha pulli yo‘llar quriladi