14:37 / 21.11.2018
4 246

Sirdaryoda qasamyod qabul qilish navbati shifokorlarga keldi (foto)

Sirdaryoda qasamyod qabul qilish navbati shifokorlarga keldi (foto)
Sirdaryo viloyatida fermerlar hokim va prokurorlar qarshisida qasamyod qilishi ortidan navbat sirdaryolik shifokorlarga keldi.

Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryoda tibbiyot xodimlarining «qasamyod marosimi» tasvirlari tarqaldi. Tibbiyot xodimlariga «prezidentga sodiqlik va nojo‘ya ishlarni qilmaslik» haqidagi qasamyod matni o‘qitilgan.

«Men, O‘zbekiston Respublikasining shifokori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan sog‘liqni saqlash yo‘nalishida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni amaliyotga tatbiq etish, aholining tibbiy xizmat sifatidan bahramandlik darajasini yanada oshirish, mavjud eng zamonaviy tibbiy texnologiyalarni qo‘llagan holda xalqimizga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatishga qasamyod qilaman!», deyilgan qasamyod matnida.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda qasamyod qabul qilish navbati shifokorlarga keldi (foto)