18:30 / 21.11.2018
7 014

Ayol kishini tahqirlagan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Ayol kishini tahqirlagan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi oʻqildi
21 noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudida sudlanuvchi, Kattaqoʻrgʻon shahri IIB katta tezkor vakili lavozimida ishlagan Sanʼat Umarovga (1988 yilda tugʻilgan) nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov “Darakchi”ga xabar qildi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudi raisining oʻrinbosari Oʻtkir Mamadaliyev tomonidan koʻrib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va toʻliq oʻrganib, S. Umarovni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) 2-qismi “a”, “z” bandlarida va 241−1 moddasida (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (etishda) aybdor deb topdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudi S. Umarovga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) moddasi tartibida 3 yil mansabdorlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashni belgiladi.

Shuningdek, sud tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol kishini tahqirlagan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi oʻqildi