21:26 / 21.11.2018
6 918

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati ma’lum qilindi

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati ma’lum qilindi
Aholi o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2019 yil 1 yanvarga qadar, deya noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan.

Davlat xizmatlari agentiligi rasman e’lon qiladiki, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2021 yil 1 yanvarga qadar davom etadi.

Bundan tashqari, ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda mazkur xizmat Mirobod, Yunusobod, Uchtepa hamda Shayxontohur tuman Davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazlari orqali ham joriy etildi.

Aholiga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahrining barcha tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali shu haftaning oxiriga qadar mazkur xizmat joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70 % miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

Navbatdan tashqari xizmat ko‘rsatilishi uchun qo‘shimcha pul to‘lanishi bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati ma’lum qilindi