15:33 / 23.11.2018
4 639

Endi MIB maishiy chiqindilar uchun ham oldindan to‘lov yig‘adi

Endi MIB maishiy chiqindilar uchun ham oldindan to‘lov yig‘adi
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiradi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab:
  • qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar aholi tomonidan yagona tranzit bank hisobvaraqlariga to‘lanadi va ushbu to‘lovlar keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;
  • maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘lar faqatgina xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar haqini markazlashgan tartibda to‘lashga, sanitar tozalash markazlari va Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi faoliyatini moliyalashtirishga, chiqindilar bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi;
  • jismoniy shaxslar tomonidan chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar olti oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi arizalar sudlarga kiritiladi.

Bundan tashqari Farmon bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari huzurida sanitar tozalash xizmatlari tashkil etilib va ularning vazifalari belgilab berildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi MIB maishiy chiqindilar uchun ham oldindan to‘lov yig‘adi