08:17 / 24.11.2018
4 503

Akmal Saidov: «Evropada, Amerikada, Afrikada mintaqaviy himoya bor, faqatgina Osiyoda yo‘q»

Akmal Saidov: «Evropada, Amerikada, Afrikada mintaqaviy himoya bor, faqatgina Osiyoda yo‘q»
Foto: «Xabar.uz»
Samarqanddagi «Forumlar majmuasi»da «Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik» mavzusida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 22 noyabr kuni ish boshlagan Osiyo Forumining ochilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ishtirokchilariga tabrigi» o‘qib eshittirildi.

Forum ishi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi merosi – universallik va inson huquqlari; Inson huquqlari – Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlash asosi sifatida; Inson huquqlari sohasi ta’limi: innovatsiyalar va yangi da’vatlar; Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning inson huquqlari hurmat qilinishi, himoya etilishi hamda ularga rioya qilinishini ta’minlash masalalarida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi sessiyalarida olib borilmoqda.

Samarqand shahridan Karimberdi To‘ramurod Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovdan «Xabar.uz» uchun maxsus intervyu uyushtirdi.

– Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganidan buyon o‘tgan 70 yil ichida inson huquqlariga bag‘ishlangan bunday nufuzga ega xalqaro anjuman ilk bor Osiyo qit’asida – O‘zbekistonda, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida tashkil etilishi bizga katta faxr, g‘urur bag‘ishlaydi.

– To‘g‘ri ta’kidladingiz, shunday katta anjumanning 70 yil ichida Osiyo qit’asida birinchi marta o‘tkazilishi, yana bizning O‘zbekistonimizda, xorijlik mehmonlar nazarida afsonalar, ertaklar shahri bo‘lgan qadimiy Samarqandda o‘tishining o‘zi juda katta gap. Nega Samarqand tanlandi? Samarqand – millatlar, dinlar, tillar, madaniyatlar birlashgan shahar. Qayerda ana shunday bag‘rikenglik bo‘lsa, o‘sha yerda inson huquqlari himoya qilingan, deb hisoblanadi. Dunyoni ko‘rib turibsiz, millatlararo, dinlararo ziddiyatlar dunyoni zir titratmoqda. Samarqandda esa, barcha millatlar, turli din vakillar ahillikda, inoqlikda, bag‘rikenglik bilan yashamoqda.

– Nima uchun bu anjuman Osiyoda avval o‘tkazilmagan?
– Osiyo davlatlari ichida birlik yo‘q edi. Bizda o‘tsin, degan tashabbus yo‘q edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbus ko‘rsatib, ana shunday muhim anjuman Samarqandda o‘tkazilishini taklif qildi va xalqaro tashkilot bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

– Bunday anjuman bizga nima beradi?
– Juda katta narsa beradi. Avvalo, O‘zbekistonimizga butun dunyo hamjimiyatining nazari qaratiladi. Qolaversa, bu anjuman O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshiradi. Men bir narsani istayman: Samarqandda o‘tayotgan anjuman jahonning inson huquqlari amaliyotiga Samarqand ruhini olib kirsin! Ana shu narsa katta yutug‘imiz bo‘lardi. Yevropada, Amerikada, Afrikada mintaqaviy himoya bor, faqatgina Osiyoda yo‘q. Prezidentimiz shu narsa uchun harakat qilmoqda.

Osiyo forumi yakunida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Ushbu yakuniy hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarish istiqbollariga bag‘ishlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akmal Saidov: «Evropada, Amerikada, Afrikada mintaqaviy himoya bor, faqatgina Osiyoda yo‘q»