16:52 / 27.11.2018
6 076

Toshkentda o‘g‘ri ayol qo‘lga olindi

Toshkentda o‘g‘ri ayol qo‘lga olindi
Joriy yilning 22 noyabr kunidan 26 noyabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi B.T.ning uyi eshigini ochib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan 1 100 AQSh dollari va umumiy qiymati 15 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi Sh.S. (ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘g‘ri ayol qo‘lga olindi