21:41 / 29.11.2018
3 319

«O‘zbekneftgaz»: «Gaz zapravka»larga limitdan tashqari yoqilg‘i yetkazib beriladi

«O‘zbekneftgaz»: «Gaz zapravka»larga limitdan tashqari yoqilg‘i yetkazib beriladi
Avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari - AGTKSda gaz tanqis bo‘lishini oldini olish maqsadida, «O‘zbekneftgaz» noyabr oyi uchun qo‘shimcha 40 million kub.m gazni realizatsiya qilishi ma’lum qilindi. Bu haqda jamiyat boshqaruv raisining o‘rinbosari Odil Temirov Kun.uz'ga xabar bergan.

«Bu ajratilgan 40 million kub.m gaz faqat AGTKS uchun yetkazib beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad - AGTKS o‘tgan oyda sotgan gaz hajmidan 10 foiz ortig‘i bilan metan gazni ulgurji narxda qabul qilib oladi va tanqislik biroz pasayadi», - deydi u.

Ma’lum qilinishicha, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyentga yetib bormay, hisob-kitobni amalga oshirishi uchun avvaldan o‘rnatilgan limitdan ko‘proq gaz yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.

Bunga qadar, Moliya vazirligi xodimi ayni paytda ushbu masala yuzasidan amaldagi tartibga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. Bu o‘zgarish aynan limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdorida aks etishi, miqdorning pasaytirilishi mumkin.

Agar kutilgan o‘zgarish vazirlik xodimi ta’kidlaganidek, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdori pasaytirilsa, o‘z-o‘zidan «gaz zapravka»larda narx tushishi lozim.

«O‘zbekneftgaz» esa o‘zgartish kiritilguncha, iste’mol bozorini yetarli gaz bilan ta’minlashga kirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekneftgaz»: «Gaz zapravka»larga limitdan tashqari yoqilg‘i yetkazib beriladi