07:31 / 30.11.2018
3 338

O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi unutilmas voqea haqida so‘zlab berdi (foto)

O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi unutilmas voqea haqida so‘zlab berdi (foto)
Bugun O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Indoneziyadagi «Gunadarma» universiteti rektori, Indoneziya-O‘zbekiston do‘stlik uyushmasini rahbari, professor Eko Shri Margiantini O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi diplomi bilan taqdirladi. Bu xaqda O‘zA xabar berdi.

– Bunday e’tirofga sazovor bo‘lganimdan xursandman, – deydi professor Eko Shri Margianti. – Ilk bora 2010 yilda shaxmat musobaqasiga talabalarni olib kelgandim. Shundan buyon O‘zbekistonga 13 marta kelib ketdim. Shu yilning o‘zida esa to‘rt marta keldim. Dekabr oyida yurtimdagi universitetlarning rektorlari bilan kelish niyatim bor. Aslini olganda kelgusida yurtimda yashovchi 265 million aholining barchasini O‘zbekistonga jalb qilish niyatim bor.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, professor Margianti o‘z mamlakatidagi 30 dan ortiq universitet bilan O‘zbekistondagi oliy ta’lim dargohlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda o‘zining beqiyos hissasini qo‘shib kelmoqda. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti shular sirasidandir. U tufayli ta’lim sohasida talabalar almashinuviga erishildi.

– O‘zbekistoni targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanilmoqda, – deydi faxriy mehmon. – Indoneziya tele va radio kanallarida ko‘plab chiqishlar uyushtirilmoqda. Indoneziyalik sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun turizm sohasi kadrlarini va gidlarni tekinga malakasini oshirish harakatidaman. Bu borada ko‘plab tashkilotlar, ayniqsa reklama kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotirman.

Turizm elchisi O‘zbekiston haqidagi xotiralari haqida so‘zlaganda Chimyon tog‘lari bilan bog‘liq voqealar haqida so‘zlab berdi.

– O‘zbekistonda to‘rtta fasl ham bor, – deydi xonim. – Bizning xalqimiz ko‘proq qorga qiziqadi. Mamlakatimiz rahbarlari bilan bir kelganimizda Chimyon tog‘lariga borgan edik. Sayohatimiz shu qadar maroqli bo‘ldiki, vaqt o‘tganini sezmay qoldik. Natijada qaytib ketish uchun samolyotga zo‘rg‘a ulgurdik.

Taqdirlash marosimi yakunida «Gunadarma» universitetida tashkil etilgan xor jamoasi talabalari O‘zbekiston davlat madhiyasini o‘zbek tilida kuylagani tasvirlangan video taqdim etildi. Shuningdek, Indoneziya aholisi uchun O‘zbekiston madaniyati, tarixi, san’ati va buguni haqidagi maqolalarni e’lon qilib boruvchi saytning rasmiy ochilishi ham o‘tkazildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi unutilmas voqea haqida so‘zlab berdi (foto)