13:15 / 30.11.2018
4 899

Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlanishi kutilyapti

Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlanishi kutilyapti
Yaqin soatlarda Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlanishi kutilyapti. Urganch shahrida 30 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu masala ko‘rib chiqiladi.

Hozirgi paytda viloyat hokimi Farhod Ermanov bo‘lib, u 2018 yilda hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

2017 yil sentyabridan Ilgizar Sobirov hokim bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etilgan, biroq yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisi etib tayinlangan.

Ilgizar Sobirovgacha viloyatda Po‘lat Bobojonov hokim bo‘lgan, keyinchalik u O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri etib tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlanishi kutilyapti