23:20 / 30.11.2018
5 736

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari qanday avtomobillardan foydalanadi? (foto)

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari qanday avtomobillardan foydalanadi? (foto)
Foto:«Kaktakto»
«Kaktakto» nashri Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari minadigan avtomobillar xususida materialni e’lon qildi.

Qozog‘iston

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev «Mercedes-Benz S600 Pullman Guard» va «Maybach 62» avtomobillarida harakatlanishni xush ko‘radi. «Mercedes-Benz S600 Pullman Guard»ning bahosi 170 000 dollardan boshlanadi.

Ushbu bronlangan limuzin avtomat o‘qi va trotil ekvivalentida 15 kg.li portlovchi vositaga chidamli. «Pullman Guard»ni yaratishda o‘ta chidamli temir va aramid ishlatilgan, oynalari esa polikarbonatdan tayyorlangan. Tashqi «kapsula»dan tashqari, avtomobilning ichki salonida ham himoya vositalari o‘rnatilgan. Himoya yon tomon oynalarida va orqadan hujumni bartaraf etish uchun orqa oynalarga o‘rnatilgan.

«Maybach 62»ning bahosi esa 115 000 dollardan boshlanadi. Ushbu avtomashina 550 ot kuchiga ega.

Foto:«Kaktakto»

Foto:«Kaktakto»

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov «Mercedes-Benz S600» avtomobiliga ega. Avtomobil 517 ot kuchiga ega bo‘lib,100 km tezlikka 4,6 soniyada erishadi.

Ushbu avtomobil narxi 100 000 dollardan boshlanadi.

Qirg‘iziston prezidenti kolleksiyasida shuningdek «BMW 760 Li High Security» avtomobili ham bor. Ushbu avtoulov narxi 99 000 dollardan boshlanadi.

Foto:«Kaktakto»

Foto:«Kaktakto»

Tojikiston

Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon ko‘p sonli boshqa prezidentlar singari sinovdan o‘tgan «Mercedes-Benz 600» va «Pullman W220» avtomobilini ma’qul ko‘radi.

Foto:«Kaktakto»
Turkmaniston

Gurbanguli Berdimuhamedov poyga mashinalariga ishqibozligi bilan mashhur. Ayniqsa, uning «Bugatti Veyron» avtomobili e’tiborga loyiq. 2010 yilda ushbu rusumli mashinalar eng tez seriyali avtomobillardan biri deya topilgan edi.

«Bugatti Veyron»ning narxi ham «yaxshigina»: «bor-yo‘g‘i» 2,5 million dollardan boshlanadi.

Foto:The Lingenfelter Collection

Foto:«Kaktakto»

O‘zbekiston

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat milliy avtosanoati mahsuli bo‘lgan «Chevrolet Malibu» avtomobiliga ega. Davlat rahbarining o‘zi dam olish kunlarida ushbu avtomobildan foydalanib, shahar aylanishni yoqtirishini aytgan. Shuningdek, prezident Toshkentdagi ko‘priklardan birining ochilishiga ham ushbu avtomobilda tashrif buyurgan edi.

Foto:«Kaktakto»

Foto:«Kaktakto»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari qanday avtomobillardan foydalanadi? (foto)