Shu yil 7 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 1 noyabr kuni uning yashash uyida “Abror Toshmatov” ismli noma’lum shaxs o‘zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta’minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 330 000 so‘m pul olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida "Toza Hudud" DUK haydovchisi bo‘lgan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi