16:34 / 02.12.2018
3 862

Prokuror niqobidagi firibgar qo‘lga olindi

Prokuror niqobidagi firibgar qo‘lga olindi
Yaqinda huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari «Abduvohid» degan erkakni qo‘lga olishdi. U jinoyatning o‘ziga xos, original yo‘lini tanlagan holda cho‘ntagini qappaytirib kelgan. Aniqrog‘i, prokuratura xodimi niqobi ostida yo‘l patrul xizmati xodimlaridan pul undirish bilan shug‘ullangan ekan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Abduvohid» Toshkent viloyati majburiy ijro byurosining sobiq xodimi hisoblangan. Oxirgi marta go‘yoki o‘z himoyasiga olish sharti bilan yo‘l patrul xizmati inspektoridan 500 dollar pul talab qilgan. Inspektor esa imi-jimida kerakli joyga ma’lum qilgan. Natijada firibgar qo‘lga olindi.

Endi faoliyatini turmada davom ettirsa ajab emas. Albatta, mahbus sifatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuror niqobidagi firibgar qo‘lga olindi