21:53 / 02.12.2018
5 062

Vobkentdagi gaz qo‘yish shoxobchasidagi yong‘inda 3 ta avtomashina yonib ketdi

Vobkentdagi gaz qo‘yish shoxobchasidagi yong‘inda 3 ta avtomashina yonib ketdi
1 dekabr kuni Buxoro viloyatida joylashgan «Delta Avtogaz» MChJga qarashli AGTKSda yong‘in sodir bo‘ldi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Panob MFY Panob qishlog‘ida joylashgan «Delta Avtogaz» MChJga qarashli AGTKS (avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasi)da yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in gaz quvurining texnik nosozligi natijasida sizib chiqib ketgan gaz sababli sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida, 5ta kalonkalar, Damas, Matiz va Neksiya rusumli 3ta avtomobillar zararlangan. Yong‘inni o‘chirishga 5ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vobkentdagi gaz qo‘yish shoxobchasidagi yong‘inda 3 ta avtomashina yonib ketdi