11:26 / 03.12.2018
3 757

Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
2018 yilning 1 dekabr kuni fuqaro O‘.Yo. “Hyundai” avtomashinasini Toshkent shahar Olmazor tumanining Sag‘bon ko‘chasida haydab ketayotib, to‘satdan sog‘ligi yomonlashganligi sabab boshqaruvni eplay olmay yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda T.I. (ayol)ni urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shundan so‘ng u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan ikkita “Damas”, “VAZ-2106”, “Isuzu” hamda “Spark” rusumli avtomashinalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Hyundai” avtomashinasi haydovchisi O‘.Yo. kasalxonada vafot etgan. Piyoda T.I. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi