14:26 / 03.12.2018
3 833

O‘zbekistonda 11 oy davomida inflyatsiya necha foizni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 11 oy davomida inflyatsiya necha foizni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning noyabr oyida mamlakatning iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 2,3% ga ko‘tarildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Umumiy hisobda 11 oy davomida iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi 12,0%ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilning noyabr oyida respublika iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 2,0%ni tashkil etgan. Oy davomida umumiy narxlar darajasining o‘sishiga oziq-ovqat mahsulotlari 1,5%, nooziq-ovqat mahsulotlar 3,4% va xizmatlar 0,5%ga ta’sir etgan

Oylik iste’mol narxlari o‘zgarishi tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotga inflyatsion bosimlarning oshishi joriy yilning sentyabr oyidan e’tiboran kuzatila boshlangan. Sentyabrda o‘rtacha oylik iste’mol narxlari 1,8%, oktyabrda 1,3% va noyabr oyida 2,3%, so‘nggi uch oylikda esa narxlar o‘rtacha ko‘tarilishi 5,4%ni tashkil etgan

Tovarlar oy davomidagi umumiy narxlar darajasining o‘sishiga 2,0%, 2017 yilning oxiriga nisbatan esa 11,3%ga ta’sir etgan.

Narxlarining oy davomida eng yuqori sur’atlarda oshgani yanvar oyida qayd etilgan bo‘lib, unda tovarlar o‘rtacha 3,0%ga qimmatlashgan. Joriy yilning may va iyun oylarida esa tovarlarning o‘rtacha narxlari darajasi aksincha, pasayganligi (oy davomida 0,6% va 0,5%) bevosita meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy arzonlashishi bilan bog‘liq

2017 yilning dekabr oyiga nisbatan tovarlarning iste’mol narxlari o‘zgarishi tom ma’noda umumiy INI o‘zgarishi tendensiyasini takrorlaydi: qiymatning maksimal darajaga yetishishi noyabr oyida (11,3%), minimali esa yanvarda (3,0%) kuzatilgan.

Joriy yilning noyabrida xizmatlar narxlarining oy davomidagi o‘sish sur’ati shu oydagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari ko‘rsatkichlari darajasidan ortiqroq bo‘ldi. Xizmatlar 3,3%, oziq-ovqat mahsulotlari 2,7% va nooziq-ovqat mahsulotlari 1,2%ga qimmatlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 11 oy davomida inflyatsiya necha foizni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi