YPX xodimiga yashirin usulda xizmat olib borish taqiqlandi

  • 4-12-2018, 18:43
  • 1 726
  • Jamiyat
  • YPX xodimiga yashirin usulda xizmat olib borish taqiqlandi
    Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ((VMQ-975, 01.12.2018 y.) muvofiq:
    • transport to‘xtatilganda haydovchi YPX xodimi to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligini tasdiqlovchi dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan tanishishi mumkin;
    • YPX xodimi tomonidan o‘zining dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi;
    • YPX xodimi transportni va yuklarni ko‘zdan kechirish, transportni ta’qib qilish yoki kuzatish huquqiga ega. Bunda yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etilmasligi lozim;
    • YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini belgilangan epikrovkada oshkora usulda amalga oshiradi hamda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

    » » YPX xodimiga yashirin usulda xizmat olib borish taqiqlandi