20:50 / 04.12.2018
5 963

YPX xodimi haydovchidan mashinadan chiqishni talab qilishi mumkin bo‘lgan holatlar

YPX xodimi haydovchidan mashinadan chiqishni talab qilishi mumkin bo‘lgan holatlar
Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, YPX xodimi quyidagi hollardagina haydovchi va yo‘lovchilardan transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:

- transportdagi texnik nosozlik va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish uchun;

- haydovchi transportni mast holda boshqarayotganida;

- transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlari bilan yozilgan raqamlar o‘rtasida farq aniqlanganda;

- transport yoki yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

- haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganda;

- haydovchining kabinada bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lganida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPX xodimi haydovchidan mashinadan chiqishni talab qilishi mumkin bo‘lgan holatlar