09:19 / 05.12.2018
5 627

Farg‘onada neftni qayta ishlovchi yashirin zavod aniqlandi

Farg‘onada neftni qayta ishlovchi yashirin zavod aniqlandi
Foto: «Podrobno.uz»
Farg‘ona viloyatida uglevodorod xom ashyosini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan uyushgan guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot markazi ma’lumotiga tayanib, «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Furqat Fayziyev, Halimjon Matholiqov va Qayumjon Bakiyev «Andijonneft» AJ nazoratchisi Zoirjon Mamatqulovni o‘z tomoniga og‘dirib olib, undan xizmat ma’lumotini oladi. Andijon—Asaka—Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining Quva tumani «Bahor» MFY hududidan o‘tuvchi quvurni aniqlab, undan xom ashyoni tortib olgan.

Ular o‘zlarining jinoiy ishiga Toshloq tumani «Yakkavut» MFY fuqarolari Nodirbek Meliboyev va Bobirbek Ne’matovni ham jalb qilgan. Jinoiy sheriklar Beruniy ko‘chasidagi 282-uyda neftni qayta ishlash bo‘yicha yashirin sex tashkil etdi. Qo‘lbola qurilma o‘rnatib, uning yordamida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqaradi. Jinoyatchilar 1 120 litr uglevodorod xom ashyosini distillyatsiya qilish vositasida 490 litr mazut va 100 litr solyarka tayyorlashga erishadi.

Neftni qayta ishlash joyiga tashish uchun jinoyatchilar tomonidan ijaraga olingan avtomobil egasi huquq-tartibot organlariga murojaat qildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada neftni qayta ishlovchi yashirin zavod aniqlandi