20:41 / 05.12.2018
4 152

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi
Hukumat qarori bilan Bahodir Beshimovich Eshmuratov «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar qilmoqda.

Bahodir Eshmuratov

U bu lavozimda o‘tgan oyda vazifasidan ozod etilgan Sharifjon Tursunov o‘rnini egalladi.

Bahodir Eshmuratov keyingi yillarda «O‘ztransgaz» AJ raisining birinchi o‘rinbosari (2017 yilgacha) lavozimida ishlagandi.

Ma’lumot uchun, «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish bo‘yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi