21:07 / 05.12.2018
4 936

O‘zbekiston hududiga ko‘p miqdorda o‘q dorilar olib kirayotgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston hududiga ko‘p miqdorda o‘q dorilar olib kirayotgan shaxs ushlandi
Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi
Bojxonachilar “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida o‘q-dorilarni fosh etishdi. Amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib kirish mumkin emas. Bojxona xodimlari tomonidan bu kabi salbiy holatlarni oldini olish yo‘nalishida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida 324-sonli “Volgograd-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida harakatlanayotgan fuqaro Q.U.ning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. U joylashgan vagon kupesi bojxona nazoratidan o‘tkazilishi davomida yostiq ichiga 75 dona ov miltig‘i gilzalari va 5 kg droblarni yashirgan holda yurtimizga olib kirayotgani aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi katta inspektori, bojxona xizmati kapitani Jenisbay Saparbayevning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston hududiga ko‘p miqdorda o‘q dorilar olib kirayotgan shaxs ushlandi