11:57 / 06.12.2018
4 455

Islomdagi oltin muvozanat

Islomdagi oltin muvozanat
Ma’lumki, Islomda din bilan dunyo ishlari orasida oltin muvozanat bor. Nasroniy sharqshunos Demombine o‘zining “Muhammad” nomli asarida Islomning xristianlikdan ustunligi va hazrat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muvaffaqiyatlari sababini bunday izohlaydi: “Hazrat Iso alayhissalomning nasihati oxiratga tayyorgarlik, bu dunyoning ne’matlaridan voz kechishga undash bilan boshlanadi. Islom dinida esa, to‘g‘ri foydalanish sharti bilan, hech bir ne’mat yomon ko‘rilmaydi”.

Qur’oni Karim va payg‘ambarimiz buyurgan diniy hayot har tomonlama qulaylikdir. Ibodatlarni qiyinlashtiradigan, oqibatda mashaqqatlarga duchor bo‘ladigan musulmonning o‘zidir. Bunga sahobalar paytidagi kabi, bugun ham guvoh bo‘lish mumkin. Ibodatdan maqsad nafsni o‘ldirish emas, balki tarbiyalash, unga chinakam hayot bag‘ishlash va uni Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilish ma’nosini bildiruvchi “ehson” martabasiga yuksaltirish, buyurilganidek “istiqomat”da tutishdir.

Manba: irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islomdagi oltin muvozanat