16:42 / 06.12.2018
5 780

Bosh prokuratura Shahrisabzdagi fojia yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Shahrisabzdagi fojia yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi
Shahrisabzda litseyda ta’lim olgan o‘quvchi o‘z uyida osilgan holda topilgani xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ushbu hodisa bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yil 27 noyabr kuni soat 16:00larda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Chuqun” MFY, “Chuqun” qishlog‘ida yashagan, voyaga yetmagan 26.06.2005 yilda tug‘ilgan Sh.M. yashash uyi molxonasining bolor yog‘ochiga bo‘yin sohasidan o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilib, voqea joyida vafot etgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida marhum M.Sh.ni o‘z joniga qasd qilish sabablari so‘ralganda, marhumning yaqin qarindoshlari va boshqalar nima sababdan uning o‘z joniga qasd qilganligini bilmasligini, oilada hech qanday kelishmovchilik yoki urush-janjal bo‘lmaganligini, u 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab 6-sinfida o‘qiganligi, o‘qish joyida yoki oilada muammolar bo‘lmaganligi, o‘qituvchilari tomonidan o‘g‘liga birorta noqonuniy harakatlar yoki tazyiqlar sodir etilmaganligini, o‘g‘li ruhiyatidagi o‘zgarishlar sababli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligini, shu sababli hech kimga hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida M.Sh.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy komissiya, tuman ichki ishlari bo‘limi, “Chuqun” mahalla fuqarolar yig‘ini va “Yoshlar ittifoqi” tuman Kengashiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Bildirilishicha, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Shahrisabzdagi fojia yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi