O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi arafasida Toshkentga yana yangi avtobuslar keltirilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilishicha, 6 dekabr kuni 30 ta katta sig‘imli “MAN” va 15 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobus Samarqanddagi avtomobil zavodidan yo‘lga chiqqan.
Yangi transport zamonaviy isitish va sovitish tizimi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay chiqish va tushish yo‘lagi (pandus) hamda maxsus joy – o‘rindiqqa ega. Bundan tashqari, avtobuslar yong‘inga qarshi ishlovchi uskuna bilan jihozlangan. Hozircha avtobuslar yo‘nalishi belgilanmagan.
Oktyabr oyida dastlab 20 ta, keyinroq jami 31 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobus Toshkentga keltirilgan edi.
“Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, Samarqanddagi har ikki avtomobil zavodi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra “SAZ LE 60” va “MAN” rusumli avtobuslarni bosqichma-bosqich keltirish hamda avtosaroylar avtobuslarini yangilab borish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi