11:00 / 07.12.2018
3 930

Markaziy bank qaytimlarni to‘liq berish va naqd pullarga doir muhim murojaatni e’lon qildi

Markaziy bank qaytimlarni to‘liq berish va naqd pullarga doir muhim murojaatni e’lon qildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Markaziy bankining qo‘shma murojaatini e’lon qildi.

2018 yiln iyul oyidan Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Shu sababli, xarid qilingan tovarlar bo‘yicha qaytim o‘rniga sotuvchi tomonidan kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozi bo‘lsangiz Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz so‘raladi”, - deyilgan murojaatda.

Tadbirkorlar diqqatiga esa, savdo do‘konlari, supermarketlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari xaridorlarga qaytim pullarini to‘liq berishni ta’minlash maqsadida, mayda qiymatdagi tangalarni olish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi bank filiallariga murojaat qilishlari lozimligi aytilgan.

O‘z navbatida, aholi bilan naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo‘jalik sub’ektlari tijorat banklari orqali:

- bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida mayda qiymatdagi tangalar bilan ta’minlab beriladi;

- banknot ko‘rinishidagi naqd pul mablag‘larini mayda qiymatdagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlariga asosan banklardan 50, 100, 200, 500 so‘m qiymatdagi tangalarni olishda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank qaytimlarni to‘liq berish va naqd pullarga doir muhim murojaatni e’lon qildi