13:32 / 08.12.2018
5 075

O‘zbekistonda Sudyalar oliy maktabi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Sudyalar oliy maktabi tashkil etiladi
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini ushbu ayyom bilan muborakbod etib, siyosiy-huquqiy hayotimizdagi o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.

«Munosib topilgan nomzodlarni kamida bir yil o‘qitib, tayyor sudya sifatida lavozimga tayinlash tizimini joriy etish zarur. Buning uchun Sudyalar oliy kengashi qoshida Sudyalar oliy maktabini tashkil etishni taklif qilaman», - dedi prezident.

Uning ta’kidlashicha, kasbiy mahorat va madaniyatni oshirish, har qanday holatda ham qonun, adolat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib ish ko‘rish – har bir sudyaning eng ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i lozim.

Sudlar tomonidan qabul qilingan har bir qaror, eng avvalo, adolatli, qonuniy va asosli bo‘lishi shart. Shundagina odamlarimizda har qanday holatda ham adolat qaror topishiga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlanadi, dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Sudyalar oliy maktabi tashkil etiladi