“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Huquq” telekanalini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquq TV” — huquqiy savodxonlik telekanalini yaratishni taklif etaman”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, kundan kunga qonunchilik tizimi takomillashib, yangidan-yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda. Huquqiy telekanal aholini yangi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, sharhlab berishi fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshiradi.
“Zero, hozirda televideniye eng keng tarqalgan axborot vositasi bo‘lib qolmoqda. Shu sababdan:
- aholini yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida muntazam xabardor qilib borish va ularning malakali mutaxassislar ishtirokida tahliliy muhokamasini namoyish etish;
- yoshlarda qonunlarga hurmat hissini uyg‘otish maqsadida turkum dasturlar tayyorlash;
- fuqarolarning huquqiy savollariga javoblar berish maqsadida malakali va yuqori nufuzga ega bo‘lgan amaliyotchi yuristlar, huquqshunos olimlar ishtirokida jonli suhbatlarni tashkil etish;
- iste’molchilarning huquqlari, davlat organlari faoliyatida aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, o‘zgarishlar va boshqalar haqida axborot-tahliliy materiallar tayyorlovchi telekanalni ishga tushirish maqsadga muvofiq”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
“Bu taklif amalga oshsa, huquqiy targ‘ibot ishlari har bir xonadonga yetib boradi va huquqiy savodxonlikni oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi”, - deyiladi murojaatda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi