07:31 / 09.12.2018
4 948

Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mitalar tuzishni taklif qildi

Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mitalar tuzishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya talablari asosida Oliy Majlis palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mitalar tashkil qilishni taklif etgan. Bu haqda 7 dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aytib o‘tgan.

"Jahon tajribasiga nazar tashlasak, AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Gretsiya, Latviya, Estoniya kabi ko‘plab mamlakatlarning parlamentlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya va qo‘mitalar mavjud. Ana shu ilg‘or xorijiy tajribalar va Konstitutsiyamiz talablari asosida Oliy Majlis palatalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mitalar tashkil qilishni taklif etaman. Ushbu qo‘mitalar barcha bo‘g‘indagi davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirishga vakillik organi sifatida munosib hissa qo‘shishi lozim", degan prezident.

Ta’kidlanishicha, 2018 yilda korrupsiyadek og‘ir jinoyatni sodir etgan 1 ming 177 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

"Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz", deya ta’kidlagan davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mitalar tuzishni taklif qildi