09:49 / 09.12.2018
16 418

O‘qituvchilar ish haqi 2019 yilda qanchaga oshadi?

O‘qituvchilar ish haqi 2019 yilda qanchaga oshadi?
Moliya vazirligining «Fuqarolar uchun 2019 yil byudjeti» loyihasida o‘qituvchilarning ish haqi oshirilishi jadvali ham kiritilgan. Bu haqda “Ma’rifat” gazetasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2019 yilda umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun jami 17 100,1 milliard so‘m yoki umumiy byudjet xarajatlarining 60,2 foizini ajratish ko‘zda tutilgan.

Jadvalga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘qituvchilari toifasiga qarab 1 614 581 so‘mdan 2 225 864 so‘mgacha ish haqi oladilar.

Maktab direktori guruhiga qarab 2 236 441 so‘mdan 2 532 184 so‘mgacha ish haqi oladi. Direktor o‘rinbosarlari uchun ish haqi miqdori 2 387 979 so‘mgacha, psixologlar uchun — 1 453 123 so‘mgacha, kutubxonachilar uchun esa 966 740 so‘mgacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, sinf rahbarligi uchun EKIHning 10 foizgacha miqdorida, daftarlarni tekshirganlik uchun 50 foizgacha miqdorda va 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda rahbariyat hisobidan kasbiy mahorat uchun ustamalar ham to‘lanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qituvchilar ish haqi 2019 yilda qanchaga oshadi?