14:38 / 09.12.2018
5 019

Toshkent shahrida harakatlanib ketayotgan «COBALT» avtomobili yonib ketdi

Toshkent shahrida harakatlanib ketayotgan «COBALT» avtomobili yonib ketdi
Yong‘inga mashinada olib ketilayotgan gaz balloni sababchi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, avtomobil fuqaro A. F. ga tegishli bo‘lib, o‘sha payt Yakkasaroy tumanidagi Qushbegi ko‘chasida ketayotgandi. Kutilmaganda gaz ballonidan uchqun sachradi va ko‘z ochib yumguncha kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.

Haydovchi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. O‘t o‘chiruvchilar fojia yuz bergan joyga o‘z vaqtida yetib kelib yong‘inni bartaraf etishdi.


Manba: uznews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida harakatlanib ketayotgan «COBALT» avtomobili yonib ketdi