20:36 / 10.12.2018
3 111

Mahkumlar sport bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishadi

Mahkumlar sport bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar mahkumlarning huquqlarini kengaytirish va sharoitlarini yaxshilash masalasiga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqib ma’qulladilar. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining «Telegram»dagi sahifasida xabar berdi.

Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya qodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqilib, unga ko‘ra kodeksning 9-moddasiga qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra mahkumlarga «ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ish vaqtidan bo‘sh paytlarida toza havoda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish va psixologik yordam olish huquqiga ega bo‘ldilar.

Shu bilan birga mahkumlar psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda faqat ularning roziligi bilan ishtirok etadi, mehnat qonunchiligiga muvofiq xavfsiz mehnat sharoiti, dam olish, ta’til, shuningdek, mehnatga haq to‘lanishi bo‘yicha qo‘shimcha huquqlari belgilandi.

Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligini 70-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi (qarori) bilan qabul qilingan Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal standartlarini 13-qoidasida mahkumlar foydalanadigan hamma binolar, eng avvalo, yotish binolari barcha sanitariya talablarga javob berishi kerakligi, bunda tegishli e’tiborni iqlim sharoitlariga, ayniqsa bu binolarning kubaturasiga, ularning minimal maydoniga, yoritilishiga, isitish va havo almashtirishiga qaratish kerak.

Shu bois, Qonun loyihasi bilan kodeksning 84-moddasi «Mahkumlarning yashash joyi» bo‘yicha ham qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ya’ni «ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos keladigan umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydilar».

Amaldagi tahrirda esa «ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydilar» deb belgilangan bo‘lib, «sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos keladigan» turar joy, xona yoki kameralarda yashash ko‘zda tutilmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahkumlar sport bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishadi