18:20 / 11.12.2018
4 894

Bozorlarda bayramoldi narx-navo qimmatlashdi(mi?)

Bozorlarda bayramoldi narx-navo qimmatlashdi(mi?)
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etadi.

O‘zA mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 10 dekabr holatidagi narxlarini taqdim etdi.

Mol go‘shti - 26 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 26000 so‘mdan 40000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotib olish mumkin. Ushbu narx o‘tgan haftalarga qaraganda arzonlashganini ko‘rsatadi.

Eng arzon narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 26000 so‘mdan boshlansa, eng qimmat narx ham ushbu bozorda – 40000 so‘m.

Poytaxtimiz markaziy bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 28000 – 38000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Qo‘y go‘shti - 28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha

Bu haftada narxlar o‘zgarishsiz qolgan.

Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo‘y go‘shti 28000 – 40000 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 39000 so‘m.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo‘y go‘shti 42000 – 44000 so‘m.

Tovuq go‘shti - 13 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha

Tovuq go‘shti mamlakatimiz bozorlarida biroz qimmatlashdi.

Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy dehqon bozorida – 18500 – 20000 so‘m

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 – 18000 so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozordan 1 kg. tovuq go‘shtini o‘rtacha 11000 so‘mdan 15000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilish mumkin edi.

Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 17000 so‘mdan sotilmoqda.

Guruch - 3 500 so‘mdan 14 000 so‘mgacha

Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashdi.

Eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 4700 – 14000 so‘m.

Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri) – 3500 – 10000 so‘m.

O‘simlik yog‘i - 8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000 – 10500 so‘m.

Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10000 – 13000 so‘m.

Un - 1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati) – 3500 – 4000 so‘m.

Shakar - 4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 5000-5500 so‘m.

Eng arzon narx Mirobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4200 – 4500 so‘m.

Tuxum - 450 so‘mdan 700 so‘mgacha

Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o‘zgarishlar bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-700 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka - 1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1100 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2000 – 3000 so‘mgacha.

Piyoz - 500 so‘mdan 1 500 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida – 500 so‘mdan 1000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati)da – 1250 – 1500 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni - 1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so‘mdan sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlarda bayramoldi narx-navo qimmatlashdi(mi?)