O‘tgan haftada Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovning xonadoniga o‘g‘ri tushgan.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, voqea 5 dekabr kuni sodir bo‘lgan, o‘g‘rilar uydan katta miqdordagi mablag‘larni olib chiqib ketishgan.
Bosh prokuraturatura matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB FMB tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtga kelib, o‘g‘rilikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olingan.
«Tergov-tezkor tadbirlar natijasida 07.12.2018 yil M.M., Q.G. va G.R. ushlanib, o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida M.M.ning xonadonidan o‘g‘irlangan ashyolar olingan.
M.M., Q.G. va G.R. 09.12.2018 yil jinoyat ishi yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi chorasi qo‘llangan», deyiladi prokuratura xabarida.
Xabarda qayd etilishicha, jabrlanuvchi Chilonzor tumani hokimining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Prokuratura o‘g‘irlangan pullar miqdoriga aniqlik kiritmagan.
Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Sarvar Maxametov shu yilning oktyabridan buyon Chilonzor tumani hokimi hisoblanadi. U 2010-2016 yillarda Bektemir tumani hokimi, 2016-2018 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi sifatida ham ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi