Usmonovlar oilasining sobiq kelini Toshkentga qaytdi (foto)

  • 12 dekabr 2018, 15:50
  • 6 916
  • Jamiyat
  • Usmonovlar oilasining sobiq kelini Toshkentga qaytdi (foto)
    Usmonovlar oilasining sobiq vakilasi Diyora Usmonova Toshkentga qaytdi. U Toshkentga kelganini ifoda etuvchi suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirmoqda, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.

    Anchadan buyon Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilib kelayotgan Diyora Usmonova turmushga chiqqani, o‘tgan yili o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. Uning turmush o‘rtog‘i bilan bog‘liq gap-so‘zlar bir necha kun avval isbotini topdi. Diyora Usmonova toshkentlik taniqli millionerlardan biri Botir Rahimov bilan oila qurgan.

    Diyora Usmonova Toshkentga keliboq, “Mursak” libos uyining rekmalarida suratga tushdi. Ayni damda Diyora Usmonovaning milliy liboslardagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalmoqda.

    Ma’lumot o‘rnida, Diyora Usmonova taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning jiyan kelini sanaladi. U Alisher Usmonovning marhum jiyani Bobur Usmonov bilan turmush qurgan. Ularning Maryam ismli qizlar bor.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Usmonovlar oilasining sobiq kelini Toshkentga qaytdi (foto)