10:10 / 13.12.2018
4 296

Xalq ta’limi vaziri: "Muammolar aniqlandi, endi ta’lim sifatiga e’tibor qaratiladi"

Xalq ta’limi vaziri: "Muammolar aniqlandi, endi ta’lim sifatiga e’tibor qaratiladi"
Foto: Vazirlik axborot xizmati
Xalq ta’limi tizimida yil yakuni va istiqboldagi vazifalar sarhisob qilindi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2018 yil davomida xalq ta’lim sohasida katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. Hozirda ishlar asosan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish ustida ish olib borilgan bo‘lsa, keyingi bir necha yil ta’lim sifatini, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirishga yo‘naltiradi.

Vazirlik 2019 yilda quyidagi ustuvor vazifalarni belgilagan:

1. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari qaytadan ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi.
2. Har bir hududda (birinchisi 2019 yilda Qoraqalpog‘istonda) iqtidorli o‘quvchilar uchun «Prezident maktablari» tashkil etiladi.
3. 2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan «Zamonaviy maktab» barpo etiladi.
4. Jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida «O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi.
5. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan namunali maktablar tarmog‘i («setevaya shkola») kengaytiriladi.
6. Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat ta’lim muassasalari 2 baravarga ortadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq ta’limi vaziri: "Muammolar aniqlandi, endi ta’lim sifatiga e’tibor qaratiladi"