11:12 / 13.12.2018
3 603

Bugun Senatda qanday masalalar ko‘riladi?

Bugun Senatda qanday masalalar ko‘riladi?
Bugun – 2018 yil 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi.

Majlisda 28 masala ko‘rib chiqiladi.

Ko‘rib chiqiladigan masalalar ichida “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti xarajatlariga o‘zgartishlar kiritishga oid masala hamda 17 qonun bor.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axboroti, Farg‘ona viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi raisining Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitiladi.

2019 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish dasturi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimovga imkoniyati cheklangan yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlashga oid masalalar ko‘rib chiqiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Senatda qanday masalalar ko‘riladi?