19:14 / 13.12.2018
4 160

Toshkent shahrining yangi logotipi nimalarda aks ettiriladi?

Toshkent shahrining yangi logotipi nimalarda aks ettiriladi?
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yangi turizm brendi xorijiy va mahalliy turizm koʻrgazmalarida, savdo yarmarkalarida, tashkil etiladigan turli tadbirlarda, Toshkent shahri va madaniy obyektlariga yoʻnaltiruvchi yoʻl xaritalarida, gaydbuklarda, reklama banerlar va bilbordlarida, shaharning turizm salohiyatini targʻib qiluvchi video-roliklar va koʻrsatuvlarda, turizm obyektlarida va uning atrofida joylashgan savdo rastalarida sotilayotgan suvenir-sovgʻa, kiyim-boshlar, milliy mahsulotlarda aks ettiriladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligida turizmni yanada rivojlantirish, turizm brendini yaratish va targʻib qilish masalalariga bagʻishlangan boshqarma rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi. Poytaxtning Turizm brendi sifatida Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotip qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrining yangi logotipi nimalarda aks ettiriladi?