Bu respublika tarixida ilk bor tashkil etiladigan aksiya hisoblanadi. Namanganlik haydovchilar jami 400 ta avtomobildan iborat ulkan yangi yil archasini bunyod etishga bel bog‘lashdi. Archa shahardagi Irvadan ko‘li yonida joylashgan otchoparda bunyod etiladi.
— G‘oyamizni Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham qo‘llab-quvvatladi, — dedi aksiya tashkilotchisi Maksim Semayev. — Archamiz yangi 2019 yil sharafiga bunyod etiladi. Biz barcha xohlovchilarni avtomobillardan iborat yangi yil archasiga lutfan taklif etamiz!..
Aksiyani viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari nazorat qiladi va aynan ular aksiya ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlaydi. Archa atroflarida tez va soz ovqatlanishga mo‘ljallangan ko‘cha kafelari, qaynoq choy, kofe albatta bo‘ladi. Asosiysi, yangi yil archasi tomoshasiga kelganlarni Qorbobo va Qorqiz ham qarshi olishadi, vaqtni ko‘ngildagidek o‘tkazishlarida o‘z hissalarini qo‘shishadi.
Ushbu tantanali tadbir 2018 yil 23 dekabrida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda