00:05 / 14.12.2018
6 099

Prezident muboraklik tadbirkorning antiqa tajribasi bilan tanishdi (foto)

Prezident muboraklik tadbirkorning antiqa tajribasi bilan tanishdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi.

Cho‘l hududida joylashgan tumanda bunday issiqxona bo‘lishi judayam muhim. Chunki sifatli sabzavotlarga ehtiyoj bor, suv esa tanqis.

Tadirkor Qobiljon G‘ulomov kam imkoniyatdan foydalanish yo‘lini topdi. 2016 yili «Muborak issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyati yonidagi tashlandiq hududdan 2 gektar yer olib issiqxona barpo etdi. Yomg‘ir to‘planadigan 800-1000 tonnalik hovuzlar qurdi. Issiqxonadagi sabzavotlar tomchilatib sug‘oriladi.

Yana bir samarali tomoni, issiqxona «Muborak issiqlik elektr markazi»da hosil bo‘ladigan issiq suv orqali qizdiriladi. Elektr markazi uchun sovuq suv kerak. Shu bois issiqxonada bu suv aylantirilib, sovugach quvurlar orqali issiqlik korxonasiga qaytariladi. Bundan ikkala tomon ham yutadi.

Bunday tejamkorlik evaziga natija kutilganidan ham yaxshi bo‘ldi. Tadbirkor yana 7 gektar yerda issiqxona qurdi. U issqxonada yetishtirilayotgan pomidor, bodring kabi mahsulotlarning asosiy qismini eksport qilib, katta foyda olishni chamalayapti.

Ayni paytda issiqxonada qariyb yuz kishi mehnat qilmoqda. Kelgusida issqxonani yanada kengaytirib, ish o‘rinlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Umuman, tuman bo‘yicha 60 tadbirkorga shu kabi issiqxona qurish uchun 300 gektar yer ajratilgan.

Prezidentimiz zamonaviy issiqxonani ko‘zdan kechirib, ishchilar bilan muloqot qildi.

Aholi farovonligini oshirish, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari ochishda muhim o‘rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida 2019-2020 yillarda issiqxonalar tashkil etish, Chiroqchi tumanida lalmi maydonlarda poliz ekinlarini ko‘paytirish, aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.





Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident muboraklik tadbirkorning antiqa tajribasi bilan tanishdi (foto)